“Liverpul” katta transferga qo‘l urdi

  • 16 fevral, 16:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya chempionatida g‘oliblikka da’vogarlik qilayotgan “Liverpul” tarkibini yanada kuchaytirish borasida ish boshladi.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, klub rahbariyati “Pari Sen-Jermen”da o‘ynayotgan 18 yoshli Uorren Zair-Emerini olib kelmoqchi.

“Liverpul” mutasaddilari futbolchining agentlari bilan bog‘lanib, transfer bo‘yicha dastlabki ma’lumotlarni olgani aytilmoqdi.

“Qizillar” bu transferni amalga oshishiga ishonmoqda. Klub parijliklarga yosh hujumkor futbolchi uchun 65 million evro tikishga tayyorligini bildirdi.

Zair-Emeri PSJ tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozigacha davom etadi. Transfermarkt portali ekspertlari iste’dodli yarim himoyachini 60 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!