
"Liverpul" Mamardashvili transferini e’lon qildi
Rasman Georgiy Mamardashvili "Liverpul" a’zosiga aylandi. Bu haqida klub o‘z sahifasi orqali ma’lum qilmoqda.
Darvozabon uchun "qizillar" "Valensiya"ga 30+5 million evro to‘laydi. Futbolchi esa 2025 yilda mersisaydliklar tarkibiga kelib qo‘shiladi. Ungacha o‘z jamoasida ijara asosida o‘ynaydi.
Mamardashvili "Evro-2024"da o‘zini ko‘rsatib, top klublar e’tiboriga tushgandi. Shundan keyin uni bir nechta jamoalar o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilib ko‘rdi, lekin gruziyalik posbon "Liverpul"ni tanladi.
Eslatib o‘tamiz, Georgiy 2021 yili "Dinamo Tbilisi"dan "Valensiya"ga 800 ming evro evaziga ko‘chib o‘tgan.
Fikrlar