"Liverpool" Muhammad Saloҳga narx belgiladi

  • 19.02.2026 16:07
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol

Angliyaning "Liverpul" klubi misrlik hujumchi Muhammad Salohni sotishga tayyor.

Muhammad Saloh "qizillar"ni tark etishga yaqin turibdi. Xabarlarga ko‘ra, misrlik futbolchi yozda jamoa bilan xayrlashishga tayyor. Mersisaydliklar o‘z yulduzi uchun kamida 63 million evrodan yuqori bo‘lgan takliflarni ko‘rib chiqadi. Salohning o‘zi Saudiya Arabistonida faoliyatini davom ettirishni ma’qul ko‘rmoqda. Futbolchi 2017 yilda "Liverpul" safiga "Roma"dan 42 million evro evaziga ko‘chib o‘tgan edi. Uning "qizillar" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozida yakuniga yetadi. Nufuzli "Transfermarkt" portali misrlik futbolchini 30 million evroga baholagan.

Ma’lumot uchun, 33 yoshli futbolchi joriy mavsumda umumiy 27ta o‘yinda maydonga tushib, 7ta gol va 8ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!