"Liverpool" super transferga tayyorlanmoqda
Angliyaning "Liverpul" klubi katta transferga hozirlanmoqda.
Mersisaydliklar yozgi transferlar bozorida yana bir katta yurishni amalga oshirishga tayyor. Xabarlarga ko‘ra, "qizillar" "Real" yarim himoyachisi Jud Bellingem uchun 207 million evrodan voz kechishga tayyor. Jud 2023 yilda "Borussiya Dortmund"dan "qaymoqranglilar" safiga 127 million evro evaziga ko‘chib o‘tgan edi. Futbolchining Madrid klubi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozida yakuniga yetadi. Xavbekning "transfermarkt"dagi narxi 160 million evroni tashkil etadi.
Ma’lumot uchun, Bellingem joriy mavsumda umumiy 23ta o‘yinda ishtirok etib, 5ta gol urdi va 4ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar