“Liverpool” tarixda bunaqa sharmanda bo‘lmagan edi
Angliyaning amaldagi chempioni “Liverpul” Premyer-liganing 29-turida chempionat autsayderi “Vulverxempton”ga kutilmaganda 1:2 hisobida yutqazib qo‘ydi.
Mersisaydliklar ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan to‘rtinchi daqiqada gol o‘tkazib yubordi. “Bo‘rilar” safida g‘alaba goliga Andre Trindade mualliflik qildi.
Opta Sport statistik portali ma’lumotiga ko‘ra, “Liverpul” joriy mavsum APLda 90-daqiqadan keyin o‘tkazib yuborilgan gollar sabab beshinchi marta mag‘lub bo‘ldi. Liga tarixida hech bir jamoa bir mavsumda bunday ko‘rsatkichga duch kelmagan.
Avvalroq mersisaydliklar APL doirasida 90-daqiqadan keyin “Manchester Siti”ga (1:2, 25-tur), “Bornmut”ga (2:3, 23-tur), “Chelsi”ga (1:2, 7-tur) va “Kristal Pэlas”ga (1:2, 6-tur) shu tarzda mag‘lub bo‘lgan edi.
Fikrlar