“Liverpool” transferni qo‘ldan chiqardi

  • 03.08.2026 13:56
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Tarkibini kuchaytirishni istayotgan Angliyaning  “Liverpul” klubi transferlar ro‘yxatiga kiritilgan “Monako” vingeri Magnes Akliush uchun kurashda PSJga yutqazmoqda.

Iyul oyida “Liverpul” o‘ng qanot vingeri pozitsiyasida harakat qiluvchi Akliush bo‘yicha so‘rov yuborgani ma’lum bo‘lgan edi. Bu pozitsiyada klubga Muhammad Salohning o‘rnini bosadigan futbolchi kerak.

Biroq Sky Sports ma’lumotiga ko‘ra, PSJ ushbu transferda ustunlik qilmoqda. Fransiyaning ikki klubi o‘rtasidagi muzokaralar yakuniy bosqichga kirgan.

Foot Mercato xabariga ko‘ra, “Liverpul” Akliushga PSJnikidan ham yaxshiroq shartlar taklif qilgan. Ammo Magnes baribir Angliyaga ko‘chib o‘tishni istamagan.

Kutilishicha, PSJ ushbu transfer uchun 50 million yevro (43 million funt) to‘laydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!