Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Liverpool" yulduzidan voz kechdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Endi u kerak emas

«Liverpul» qishki transfer oynasida hujum chizig‘idagi futbolchilaridan biri bilan xayrlashishi mumkin. Bu haqida ijtimoiy tarmoqlarda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, italyalik vinger Federico Kyezaning Mersisayd klubini tark etishi ehtimoli kun sayin ortib bormoqda. Joriy mavsumda u «qizillar» safida maydonga bor-yo‘g‘i ikki daqiqa tushgan, Chempionlar ligasi uchun esa umumiy ro‘yxatga ham kiritilmagan.

Futbolchining atrofidagi vaziyatni Italiyanning bir qator grandlari diqqat bilan kuzatmoqda. Xususan, «Yuventus», «Latsio» va «Atalanta» Kyezaning ehtimoliy transferi bilan jiddiy qiziqib turibdi.

28 yoshli Kyezaning «Liverpul» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan. Futbolchining transfer bahosi taxminan o‘n million yevro atrofida baholanmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q