
“Liverpul”dan ketishga tayyorman
Angliyaning amaldagi chempioni “Liverpul” chap qanot himoyachisi Konstantinos Tsimikas yangi chorlovlarni qabul qilishga va jamoasini tark etishga tayyorligini bildirdi.
Give me Sport nashrining ma’lum qilishicha, 29 yoshli gretsiyalik futbolchini Ispaniya chempionatidan bir necha klub o‘z safiga taklif etmoqda.
Tsimikas “Liverpul”ga 2020 yilning yozida “Olimpiakos”dan olib kelingan edi. Keyinchalik bu himoyachi asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotdi.
Xususan, o‘tgan mavsumda tajribali o‘yinchi barcha turnirlarda 29 ta uchrashuvda ishtirok etdi va jamoadoshlariga ikkita golli pas ham uzatdi.
Tsimikasning amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha davom etishi belgilangan. Biroq u ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun jamoasini almashtirishni maqsad qilgan. Transfermarkt portali Konstantinosning transferini 18 million evroga baholamoqda.
Fikrlar