Londonni "yondiramiz" !!!
Javohir Malikov
Rossiyalik MMA ustasi bo‘lajak raqibiga qarshi jang oldidan aktual sport formasi haqida gapirdi
Rossiyalik MMA ustasi Movsar Evloev bo‘lajak raqibi Leron Myorfiga qarshi jang oldidan aktual sport formasi haqida gapirdi.
"O‘quv-mashg‘ulot yig‘ini yakunlandi. Formaga kirib olish uchun bor kuchimizni sarfladik. Endi vazn me’yorini bajarsak bo‘lgani. Sabr-toqat va qo‘llab-quvvatlagani jamoam, murabbiylarim va sparring sheriklarimga rahmat. London, tayyorlan, biz seni yondiramiz", - dedi rossiyalik.
Eslatib o‘tamiz, Evloev va Myorfi to‘qnashuvi 22 mart kuni "UFC London" turnirida o‘tkaziladi.
Izohlar (0)