Luis Enrike operatsiya qilindi
Luis Enrike velosiped halokatidan keyin operatsiya qilindi. 5 sentyabr kuni "Pari Sen-Jermen" bosh murabbiyi velosipeddan yiqilib, o‘mrov suyagini sindirib olgandi.
55 yoshli mutaxassis Ispaniyada operatsiya qilindi. Enrikening yakshanba kuni Frantsiya chempionatining 4-turidan o‘rin olgan PSJ - "Lans" o‘yinida ishtirok etishi deyarli imkonsiz.
Chorshanba kuni parijliklar terma jamoalar o‘yinlaridagi tanaffusdan so‘ng mashg‘ulotlarga kirishdi. Mashg‘ulotni "Barselona" sobiq murabbiyi yordamchisi Rafel Pol olib bordi. 38 yoshli yordamchi Luis sog‘ayib ketguniga qadar bosh murabbiy vazifasini bajaradi.
Enrike 17 sentyabr kuni Chempionlar ligasining 1-turida "Atalanta"ga qarshi o‘yinda jamoani boshqara oladimi yoki yo‘qmi, hozircha noma’lum.
Fikrlar