Luis Enrique: Yanvardayoq "Barsa" yulduzini olib kelaman!
Tarkibni kuchaytirishga qaror qildi
PSJ yaqin mavsumlarda tarkibini jiddiy kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Frantsiya matbuoti bir necha vaqtdan beri parijliklarni «Barselona» yarim himoyachisi Gavi bilan bog‘lab kelmoqda. Ushbu futbolchini jamoa bosh murabbiyi Luis Enrique juda yaxshi biladi.
So‘nggi paytlarda Gavi «Barselona» safida uncha ko‘p o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti. Bu esa uning klubini o‘zgartirish ehtimolini oshirmoqda. El Nacional nashri Frantsiyadagi manbalariga tayanib xabar berishicha, Luis Enrique Gavinining allaqachon yanvar oyidayoq Parijga kelishini istamoqda.
Shu bilan birga, hozircha PSJ tomonidan Gaviga rasmiy taklif yuborilmagan. Transfer masalasida ko‘p narsa 22 yoshli yarim himoyachining shaxsiy qaroriga bog‘liq bo‘ladi.
Qiziqi shundaki, aynan Luis Enrique bosh murabbiylik qilgan davrda Gavi 2021 yil oktyabr oyida Ispaniya terma jamoasi safida debut qilgan edi.

Izohlar (0)