Luis Enrique PSJni "Barsa"ga aylantiryapti
Kataloniyadan yana futbolchi chaqirdi
Luis Enrique kataloniyaliklar futbolchisi Gavini qo‘lga kiritishni maqsad qilgan.
Evropa matbuoti xabar berishicha, «Barselona» yarim himoyachisi Gavi yaqin vaqtlarda jamoasini almashtirishi mumkin.
Yosh iste’dodga PSJ jiddiy da’vogar bo‘lyapti. Gavini transfer qilish masalasi bevosita bosh murabbiy Luis Enrique tashabbusi bilan ko‘tarilgani aytilmoqda.
Enrique ispaniyalik havbekni Parij klubining markaziy figuralaridan biri sifatida ko‘rishni istayapti. Fransiya grandi «Barselonaga taxminan 45 million yevro atrofida taklif tayyorlayotgani ma’lum qilingan.
Gavining amaldagi shartnomasi 2030 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 30 million yevro deb baholamoqda. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yozda «Barselona» tarkibidan PSJga Ferran Torres yo‘l olgan edi.

Izohlar (0)