Lutfillaev chorak finalda, O‘rozboevda mag‘lubiyat
Xorvatiyaning Zagreb shahrida dzyudo bo‘yicha Gran-pri musobaqasining birinchi kun bellashuvlari davom etmoqda.
Ayni pallada musobaqada uchinchi bosqich bellashuvlari davom etmoqda. E’tiborlisi, chorak final juftliklari orasida ikki o‘zbek dzyudochilarini ko‘rish mumkin edi. Biroq Diyorbek O‘rozboev uchinchi davrada qozog‘istonlik Dauren Syukenovga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Sharofiddin Lutfillaev esa bu bosqichgacha Slovaniya hamda Turkmaniston vakillarini mag‘lub etib etdi.
Diyora Keldiyorova ham -52 kg. vazn toifasida polshalik raqibasiga qarshi bahsni omadli yakunlab, uchinchi davraga yo‘l oldi. Uning keyingi bosqichdagi raqibi belgiyalik Sharlin van Snik bo‘ladi. Shuningdek, birozdan Muhriddin Tilovov -66 kg. vaznda togolik raqibiga qarshi kurash olib borishi kutilmoqda.

Fikrlar