Madridliklar Ferran Torresni "Barsa"dan ketishga ko‘ndiryapti
Madridning «Atletiko» jamoasi futbolchilari «Barselona» hujumchisi Ferran Torresni oʻz saflarida koʻrishni istamoqda.
Marca nashri yozishicha, Ispaniya terma jamoasida birga oʻynagan «Atletiko» futbolchilari Torresni shaxsan yaxshi biladi va uni «Barselona»ni tark etib, Madrid klubiga oʻtishga koʻndirishga urinmoqda.
Madridliklar safidagi bir qator oʻyinchilarning fikricha, Ferran «Atletiko» asosiy tarkibida mustahkam joy olishi va mahalliy muxlislarning sevimlisiga aylanishi mumkin.
Ferran Torresning «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi kelasi yil yozida nihoyasiga yetadi. Transfermarkt portali bahosiga koʻra, 26 yoshli jahon chempionining transfer qiymati 55 million yevro atrofida baholanmoqda.
Eslatib oʻtamiz, 2026 yildgi jahon chempionatida aynan Ferran Torresning Argentina terma jamoasi darvozasiga urgan yagona goli Ispaniyaga bosh sovrinni keltirdi

Fikrlar