Madridning «Real» klubi Tibo Kurtuaga o‘rinbosar topdi
«Real» «Brayton» darvozaboni Bart Verbryuggenni Tibo Kurtua uchun istiqbolli voris sifatida ko‘rib chiqmoqda.
«Brayton» darvozaboni Bart Verbryuggen «Real» skautlari e’tiborini tortdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, madridliklar yosh posbonni Tibo Kurtua uchun istiqbolli voris sifatida ko‘rib chiqmoqda. Transfermarkt portali Verbryuggenning bozor qiymatini 40 million yevro atrofida baholamoqda.
Shu bilan birga, «Real» rahbariyati Kurtua bilan hozircha xayrlashish niyatida emas. Aksincha, klub tajribali darvozabon bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda. Joze Mourin’yu boshqaruvidagi jamoa hozirgi paytda La Ligada ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.
Izohlar (0)