Mahmud Baxshilloev Istanbul reyting turniri g‘olibi!

CHERY AUTO

Istanbul shahrida erkin, yunon-rum va ayollar kurashi bo‘yicha reyting turniri murosasiz kurashlar ostida davom etmoqda.

Quvonarlisi, yana bir kurashchimiz musobaqaning oltin medalini qo‘lga kiritdi. 67 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Mahmud Baxshilloev hal qiluvchi final bellashuvida norvegiyalik Morten Toresenga qarshi bahs olib bordi va raqibini 5-2 hisobida dog‘da qoldirdi.

Buxorolik polvonimiz finalga qadar turkiyaliklar Furkan Sonkurni 8-1, Volkan Chakilni 5-1, Furkan Yildizni 4-3 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan edi.

O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!