Mahmud Murodovning raqibi o‘zgaradimi?

  • 18 oktabr, 2020, 17:31
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

31 oktyabr kuni AQShning Las-Vegas shahrida tashkil etiladigan "UFC Fight Night 181" turnirida yurtdoshimiz Mahmud Murodov mazkur promoushendagi uchinchi jangini o‘tkazadi. Unga polyak Kshishtof Yotko raqiblik qilishi kerak edi. Biroq Yotko mashg‘ulotlar jarayonida jiddiy jarohat olgan va u endi yurtdoshimizga qarshi jang qila olmaydi. Bu borada Murodovning o‘zi Instagram sahifasida yozib qoldirgan.

Tecno

"Baxtga qarshi, Kshishtof Yotko jarohat oldi va men yangi shartnomaga imzo chekdim. Sana va joy o‘sha-o‘sha, 31-oktyabr, Las-Vegas! Nasib qilsa, o‘sha kuni biz yangi g‘alabaga erishamiz! Hammaga meni cheksiz qo‘llab-quvvatlab turgani uchun tashakkur!"- deya o‘z fikrini bildirgan Murodov. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!