Asosiy mazmunga oʻtish

MMA

"Makgregor uchun ideal variantman"

Izohlar: 0

Konorga raqib topildi.

UFC engil vazn toifasida sobiq da’vogar Maykl Chendler Konor Makgregorga qarshi jang qilish uchun mos raqib ekanligini ta’kidladi. 

"Agar kamarga da’vogarlik qilmasam, bu men xohlagan jang bo‘lar edi. Iyul yoki avgust oylari men uchun qulay. Mayda Fergyusonni mag‘lub etaman va iyulda jangga qaytaman. 

O‘ylashimcha, men Konor uchun ideal variantman. Agar u qaytsa-yu chempionlik jangi berilmasa, u bitta jang qilish kerak. Agar Konor meni mag‘lub etsa, unga chempionlik jangi beriladi. 

Makgregor men u bilan jang qilishni xohlayotganimni biladi. U ham kelajakda men bilan jang qilmoqchiligini aytdi. Ko‘ramiz, nima bo‘larkin", - dedi Chendler.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q