MakGregorning Gollivudda dushmanlari bormi ?!

  • 29 fevral, 2024, 18:05
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Ikki divizionda sobiq UFC chempioni Konor MakGregor kinodagi debyuti haqida gapirdi.

MMAdagi faoliyatimda ko‘tarilayotganimda, bir nechta filmdagi rollardan voz kechdim. Mashg‘ulotlarimga mashhur filmlarni suratga olgan taniqli rejissorlar kelishdi. Lekin men ularga rad javobini bergandim. Hozirda esa Gollivudda bir nechta dushmanlar orttirdim, chunki men har doim ko‘pchilikka "Balki buni qilarman" deb javob beraman. To‘g‘ri tushuning, axir men kurashchiman, aktyor emas. Ayni damda ishlayotgan filmimizning har bir soniyasidan zavq olyapman”, – dedi MakGregor Total Film ga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, irlandiyalik yulduz “Uyga yo‘l” filmida suratga tushmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!