Maks Xollouey : MakGregor sog‘lom emas
UFC ning yarim engil vazn toifasidagi chempioni Maks Xollouey Konor MakGregor bilan revansh jangiga qiziqmayotganligi haqida gapirdi.
- Agar u yaxshi holatda bo‘lmasa, men u bilan jang qilishdan manfaatdor emasman. U sog‘lom ko‘rinmaydi va uning barcha so‘zlari bema’ni.
Agar u, " Men Maksni yoshligida mag‘lubiyatga uchratganman. Ushbu g‘alabam tasodif emasligini isbotlash uchun hozirgi holatida ham mag‘lub qilmoqchiman”, degan fikrni bildira olsa, bu jangni qabul qilgan bo‘lardim. Men 2015-2016 yillardagi Konor bilan jang qilishni xohlayman. Xuddi o‘sha davrdagi faoliyati orqali barchani diqqat markazida bo‘lgan. Hozirdagi MakGregor meni unchalik qiziqtirmaydi”, - dedi Maks.
Maks Xollouey 14-dekabr kuni Las-Vegasdagi UFC 245 turnirida Aleks Volkanovskiy bilan himoya jangida ishtirok etadi.
Fikrlar