Maks Xollouey Getji ustidan g‘alaba qozonsa...

  • 4 aprel, 2024, 12:10
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Yarim engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni amerikalik Maks Xollouey vatandoshi Jastin Getji ustidan g‘alaba qozonsa, engil vazn toifasi chempioni dog‘istonlik Islom Maxachev bilan jang o‘tkazishi mumkinligini istisno etmayapti.

"Men faqat Getji bilan jang haqida o‘ylayapman, lekin agar men rejalashtirganimdek g‘alaba qozona olsam, keyingi jang uchun variantlar yanada ko‘payadi. Hattoki, ulardan biri engil vazn toifasi chempioni ham bo‘lishi mumkin", - deydi Maks BJ Penn ga.

 Eslatib o‘tamiz, Xollouey (25-7) va Getji (25-4) o‘rtasidagi jang 13 aprel kuni AQSh ning Las-Vegas shahrida "UFC 300" turniri doirasida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!