Manba: Shomurodov "Yuventus"ga o‘tadi
"Jenoa" hujumchisi Eldor Shomurodov faoliyatini "Yuventus"da davom ettiradi.
"Jenoa" hujumchisi Eldor Shomurodov faoliyatini "Yuventus"da davom ettiradi, deya yozmoqda "Tuttosport".

Manbaning yozishicha, Turin klubi Alvaro Morataga zaxira variant qidirmoqda. Shomurodov esa, "keksa sinoralar" short-listidan o‘rin olgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik hujumchi yozda "Rostov"dan "Jenoa"ga ko‘chib o‘tgan edi. Joriy mavsum Eldor A Seriyada 2ta gol urdi va 1ta golga assistentlik qildi.
Izohlar (0)