Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Manchester klubini "Bavariya" yulduzi kuchaytiradi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Uni jahon chempionatida kuzatishadi

"Bavariya" jamoasida to‘p surayotgan janubiy koreyalik markaziy himoyachi Kim Min Jega endi "Manchester Yunayted" jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, manchesterliklar yozgi transfer oynasida osiyolik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Angliya klubi vakillari hozir o‘tkazilayotgan jahon chempionatida Kim Min Jening o‘yinini yaqinidan kuzatib, uning holati bo‘yicha rahbariyatga hisobot taqdim etadi, deb xabar bermoqda Transfer News Live nashri TZ manbasiga tayanib. Shuningdek, 29 yoshli himoyachiga da’vog‘ar klublar orasida "Yuventus" ham tilga olinmoqda.

Transfermarkt portali mutaxassislari Kim Min Jening bozor qiymatini 20 million yevro atrofida baholamoqda. Futbolchining "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q