“Manchester Siti” 100 million evroga “Real” yulduzini oladi
“Manchester Siti” rahbariyati jamoa tarkibini kuchaytirish maqsadida “Real”ning yosh iqtidori Arda Gyulerni sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda va bu transferni 100 million evrogacha baholamoqda.
Defensa Central va Fichajes kabi manbalarning ma’lum qilishicha, “shaharliklar” Gyulerni klub tarixidagi eng qimmat ikkinchi xaridga aylantirishga tayyor.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, “Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Gyuler uning taktik tizimiga mukammal tarzda mos tushishiga ishonmoqda.
Biroq Xabi Alonso qo‘l ostida turk futbolchisi “Real”da ham tarkibning asosiy o‘yinchilaridan biri hisoblanadi. Futbolchi jamoa loyihasining ajralmas qismi salanadi. Uning Madrid klubi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan.
Transfermarkt portalida Arda Gyulerning hozirgi bozor qiymati 60 million evroni tashkil etishi ko‘rsatilgan.
Fikrlar