"Manchester Siti" darvozabonini deyarli 50 millionga sotadi
«Manchester Siti» darvozaboni Jeyms Trafford jamoani tark etishi arafasida turibdi. Futbol bo‘yicha insayder Fabrizio Romano tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, u o‘z faoliyatini «Lids» klubida davom ettirishi kutilmoqda.
Transfer qiymati taxminan 47 million yevro atrofida bo‘lishi, bundan tashqari qo‘shimcha bonuslar ham nazarda tutilgani aytilmoqda.
Ikki klub o‘rtasida Traffordning o‘tishi bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishilgan. Darvozabonning o‘ziga esa uzoq muddatli shartnoma taklif etilgan. Barcha rasmiy hujjatlar joriy hafta yakuniga qadar imzolanishi kutilayapti.
Jeyms Trafford «Manchester Siti» tarkibida 17 ta uchrashuvda maydonga tushgan va ularning sakkiztasida darvozasini goldan saqlab qolgan.

Fikrlar