Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

"Manchester Siti" kelasi mavsum APLda qolmaydi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

APL klublari shuni kutmoqda

Angliya premyer-ligasi klublari kelasi mavsumda «Manchester Siti» elita tarkibida qolmasligiga ishonayotganini xabar qilinmoqda.

Sky Sports ma'lumotlariga ko‘ra, Premyer-liganing qator klublari «Manchester Siti»ni keyingi mavsumda yuqori divizionda qolishiga deyarli imkoniyat qolmagan, deb hisoblamoqda.

 Ularga ko‘ra, klub yillar davomida moliyaviy qoidalarni buzib kelgani uchun eng qat'iy jazoga – ligadagi maqomidan mahrum etilishga duchor bo‘lishi kerak.

Shu bilan birga, «Manchester Siti» rahbariyati ayblovlarni tan olish niyatida emas. Klub ishni oxirigacha yetkazish, zarurat tug‘ilsa, eng yuqori sud instantsiyalarigacha murojaat qilishga tayyorligini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, hozirgi paytda Enzo Mareski boshqaruvidagi manchesterliklar Angliya chempionati jadvalida peshqadamlikni saqlab turibdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q