Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Manchester Siti": Ketsang ketaver!

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Mareska bu yulduzdan voz kechishga tayyor

«Manchester Siti» yarim himoyachi Rodrini saqlab qolish niyatida emas, unga jiddiy qiziqish bildirgan klublar orasida esa «Real Madrid» alohida ajralib turibdi.

Madrid klubi 30 yoshli futbolchi uchun kurashga yana qaytgani aytilmoqda. 

«Santyago Bernabeu»da mutasaddilar klub prezidenti Florentino Peresni jahon chempionini olish zarurligiga ishontirishga muvaffaq bo'lishgan.

Le Journal du Real nashri xabariga ko'ra, «Manchester Siti» rahbariyati ispaniyalik futbolchining ketishiga to'siq qo'ymaslikka qaror qilgan.

Angliya klubi Rodrining «Real» safida o'zini sinab ko'rish istagidan xabardor. Shu bois, manbaga ko'ra, «shaharliklar» uning rejalariга hurmat va minnatdorlik sifatida aralashmaslikka moyil.

Ishonchli manbalar tarqatayotgan ma'lumotlarga ko'ra, «Real» Rodrining o'zi bilan shaxsiy shartnoma borasida deyarli kelishib olgan. Biroq hozircha «Manchester Siti»ga rasmiy taklif yuborilmagan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q