"Manchester Siti" maqsadiga yetolmadi

  • 20.08.2026 18:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Manchester Siti» yarim himoyachi Adam Uorton bo‘yicha «Kristal Pэlas» klubiga rasmiy so‘rov yo‘lladi, biroq londonliklar darhol rad javobini berdi. «Kristal Pэlas» 22 yoshli angliyalik futbolchini kamida shu yozda sotish niyati yo‘qligi ma’lum qilindi, deya xabar bermoqda The Athletic nashri.

Adam Uorton «Manchester Siti» uchun yarim himoyani kuchaytirish rejasidagi asosiy nomzodlardan biri hisoblanadi. Klub Rodri, Bernardu Silva va Tidjani Reynders ketganidan so‘ng o‘rta chiziqni qayta shakllantirishga majbur bo‘ldi. Manchester jamoasi allaqachon «Nottingem Forest» tarkibidan Elliot Andersonni o‘z safiga qo‘shib oldi. Shuningdek, «Chelsi» yarim himoyachisi Enzo Fernandezga ham jiddiy qiziqish bildirilgan edi.

Uorton 2024 yil qishki transfer oynasida «Blekbern Rovers» klubidan «Kristal Pэlas»ga o‘tgan. Uning amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan. O‘tgan mavsumda yarim himoyachi barcha musobaqalar doirasida 53 o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma amalga oshirdi. «Kristal Pэlas» Premyer-ligada 15- o‘rinni egalladi, shu bilan birga Konferensiyalar ligasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Angliya terma jamoasi safida Uorton to‘rtta o‘yin o‘tkazgan. Shunga qaramay, u Tomas Tuxel boshqaruvidagi terma jamoaning 2026 yildagi jahon chempionati uchun yakuniy ro‘yxatiga kiritilmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!