Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Manchester Siti" qimmat transferni hal qilyapti

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

O'yinchi uchun kurash qizgin kechyapti

«Manchester Siti» yana yirik transfer uyushtirish arafasida. Jurnalist Santi Auna maʼlumotlariga koʻra, klub «Everton» hujumchi yarimhimoyachisi Iliman Ndiaye boʻyicha muzokaralarda sezilarli siljishga erishgan. 

Xabar qilinishicha, senegallik futbolchining oʻzi ham Enco Mareska qoʻl ostida oʻynash istagini bildirgan.

«Everton»ning 26 yoshli yetakchilaridan biri hisoblangan Ndiayega Londonning «Arsenal» jamoasi ham qiziqish bildirgani aytilmoqda. 

Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 55 million yevro atrofida baholaydi. Biroq insayderlar maʼlumoticha, «Everton» uni qoʻyib yuborish evaziga taxminan 80 million funt sterling (qariyb 93 million yevro) talab qilmoqda.

Iliman Ndiaye «Everton» safida turli musobaqalar doirasida 73 oʻyin oʻtkazib, 17 ta gol urgan va 4 ta golli pas bergan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q