"Manchester Siti" shu hafta supertransferni yakunlaydi
Vaziyat shunga qarab ketmoqda
«Manchester Siti» «Chelsi» yarim himoyachisi Enzo Fernandezni olishga yaqin turibdi, shu bilan birga Niko Gonsalesni «Nyukasl»ga yo‘llash bo‘yicha ham ish olib bormoqda.
Bu haqida jurnalist Janluka Di Marsio o‘z saytida xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, manchesterliklar argentinalik havbek transferi bo‘yicha kelishuvni shu hafta yakunigacha yopishni rejalashtirmoqda. Biroq «Chelsi»ning talablar oshgan: avvalroq 120 million yevro atrofida so‘ralgan bo‘lsa, hozir londonliklar 140 million yevro talab qilmoqda.
Enzo Fernandezning o‘zi esa klubni almashtirish tarafdori va «shaharliklar» bosh murabbiyi Enzo Mareski qo‘l ostida o‘ynashni istamoqda.
Shu bilan birga «Manchester Siti» Niko Gonsalesning ketishi bo‘yicha ham ish yuritmoqda. Yarim himoyachi «Nyukasl» bilan shartnoma imzolash arafasida ekani aytilmoqda.
Enzo Fernandez «Chelsi» safida 2023 yil yanvaridan beri to‘p surmoqda. Uning london klubi bilan amaldagi shartnomasi 2032 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali bahosiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 100 million yevro atrofida.
Izohlar (0)