Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Manchester Siti" supertransferga qo‘l uradi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Jamoa yanada kuchayadi

Yozgi transfer oynasida «RB Leypsig» yarim himoyachisi Yan Diomande jamoani tark etishi mumkin. 19 yoshli ivuarlik vinger atrofida so‘nggi kunlarda ayniqsa «Real» nomi ko‘p tilga olinmoqda. Shu bilan birga, futbolchi uchun boshqa yirik klublar ham kurashga qo‘shilgan.

Germaniyaning Sky nashri xabar berishicha, «Manchester Siti» rahbariyati Diomande uchun 100 million yevro to‘lashga tayyor ekanini og‘zaki ravishda ma’lum qilgan. Shu bilan birga, manbaga ko‘ra, «shaharliklar» hozircha rasmiy taklif yo‘llamagan.

Avvalroq «Real» va «Liverpul» ham Yan Diomande uchun 100 million yevro atrofida taklif bergani, ammo «RB Leypsig» bu variantlarni rad etgani haqida xabarlar chiqqan edi. Liga 1 grandi PSJ hozircha rasmiy taklif bilan chiqmagan, biroq parijliklar ham yosh vinger o‘yinini diqqat bilan kuzatib bormoqda.

OAVda yozilishicha, «Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyo transfer rejalari doirasida Yan Diomande nomzodini ustuvor maqsad sifatida ma’qullagan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q