“Manchester Siti” supertransferga qo‘l uradi

  • 20.11.2025 10:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Manchester Siti” tarkibni muntazam kuchaytirib borish siyosatini davom ettiradi. Ana shu maqsadda, rejalashtirilayotgan  transferlar ro‘yxatga yangi nomzod qo‘shdi.

Nishonga tushgan futbolchi “Bornmut”da to‘purarlik qobiyalitini namoyish qilib kelayotgan Antuan Semenodir.  “Shaharliklar” 25 yoshli hujumkor o‘yinchi yordamida sovrinlar uchun kurashish imkoniyatini kuchaytirmoqchi.

Transfer News Live va Sky Sports kabi manbalarda qayd etilishicha, Antuan Semenoni qo‘lga kiritish uchun “Manchester Siti” Premer-liganing “Liverpul”, “Tottenxem”, “Manchester Yunayted” kabi grand klublari bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi.

Antuan Semeno “Bornmut”  uchun 101 ta o‘yin o‘tkazib, 28 ta gol urgan va 13 ta golli uzatma bergan. Transfermarkt portali uni 55 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!