Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Manchester Siti" yangi darvozabon topdi

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

«Manchester Siti» «Marsel» darvozaboni Xeronimo Rul’yi uchun 2 mln yevro taklif qildi, ammo fransuzlar 3,5 mln yevro so‘ramoqda.

«Marsel» va Argentina terma jamoasi darvozaboni Xeronimo Rulьi Angliya chempionatiga yo‘l olishi mumkin. Jurnalist Santi Auna xabariga ko‘ra, 34 yoshli posbon xizmatlariga «Manchester Siti» jiddiy qiziqish bildirgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, «Manchester Siti» Rulьi uchun 2 mln yevro taklif etgan. «Marsel» esa darvozabonini 3,5 mln yevro evaziga qo‘yib yuborishni istamoqda. Klublar o‘rtasida muzokaralar hozircha davom etmoqda.

Xeronimo Rulьining o‘zi esa «Manchester Siti»ga o‘tish variantiga ijobiy munosabatda. U jamoada ikkinchi raqamli darvozabon maqomida o‘ynashga ham rozi ekani aytilmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q