«Manchester Siti» yarim himoyachisi jamoadan ketmoqchi
«Manchester Siti» yarim himoyachisi Mateo Kovachich o‘yin amaliyoti yetishmasligi sabab qishki transfer oynasida jamoani tark etmoqchi.
«Manchester Siti» yarim himoyachisi Mateo Kovachich qishki transfer oynasida jamoani tark etishni rejalashtirmoqda. Bu haqida Sportske novosti nashri xabar berdi.
Manbaning ma'lum qilishicha, xorvat futbolchisini jamoadagi hozirgi holat qoniqtirmayapti. Yangi bosh murabbiy Enco Mareska unga yetarlicha o‘yin amaliyoti bermayotgani aytilmoqda. 32 yoshli futbolchi murabbiyning o‘zini maydonga tushirish borasidagi qarorlarini adolatsiz deb hisoblamoqda.
Joriy mavsumda Kovachich barcha musobaqalar hisobga olinganda beshta o‘yinda maydonga tushgan tushgan bo‘lib, o‘z hisobiga gol yoki assist yozdirib qo‘ya olmadi. Kovachichning «Manchester Siti» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Izohlar (0)