“Manchester Siti”ning katta transferi o‘xshamayapti
“Manchester Siti” mutasaddilari PSJdan italiyalik darvozabon Janluiji Donnarummani olish bo‘yicha muzokara o‘tkazayotgan edi.
“Shaharliklar” 26 yoshli posbon bilan shaxsiy shartnomani kelishib bo‘lgan va hamkorlikning har mavsumi 12 million evro maoshga kelishilgan. Donnarumma klubdan ketishini aytib, parijlik muxlislar bilan xayrlashib ham qo‘ydi.
Klublar o‘rtasidagi muzokaralarda “Pari Sen-Jermen” avvaliga 50 million evroga baholangan darvozabon uchun badal to‘lovini 30-35 million evrogacha tushirdi. Biroq manchesterliklar bir yillik shartnomasi qolgan Donnarumma uchun PSJga 15 million evro taklif qildi.
Jurnalist Devid Ornshteynning yozishicha, mana shu taklifdan keyin har ikki klub o‘rtasidagi muzokaralar to‘xtab qoldi. Transfer oxiriga etgani yo‘q. Parij klubi vakillari ertami-kechmi bu transfer amalga oshishiga umid qilmoqda.
Fikrlar