“Manchester Yunayted” afsonasi “Siti”ni tanladi
“Manchester Yunayted”ning sobiq yarim himoyachisi Pol Skoulz agar uning futbolchilik faoliyati hozirgi vaqtda kechganida, “Manchester Siti»”i tanlagan bo'lishini tan oldi.
- Agar men hozir futbol o'ynaganimda va boshqa bir jamoada to'p tepganimda, “Manchester Yunayted” va “Manchester Siti” meni o'z safiga qo'shib olish istagini bildirganida, klubga bo'lgan shaxsiy moyilligimdan qat'i nazar, “shaharliklar”ni tanlagan bo'lardim.
Bu so'nggi 5-10 yil davomida ushbu klub qanday boshqarilgani va u yerda qanday futbolchilar o'ynayotgani bilan bog'liq.
Bu haqida gapirish og'ir bo'lsa-da, ammo agar faoliyat haqida so'z yuritsak, uni medallar bilan yakunlashni istasang, shunday qilish kerak, - dedi Skoulz The Good, The Bad & The Football podkastida.
Pol Skoulz kattalar darajasida “Manchester Yunayted” safida 1993 yildan 2011 yilgacha, shuningdek, 2012 yildan 2013 yilgacha to'p tepgan. U ushbu jamoa bilan 11 marta Angliya chempioni bo'lgan, ikki marta Chempionlar ligasida g'olib chiqqan, shuningdek, qator boshqa nufuzli sovrinlarni qo'lga kiritgan.

Fikrlar