Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

“Manchester Yunayted” bir jamoadan ikki o‘yinchini olmoqchi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Erik ten Xag kimlarni tanladi?

Yangi mavsum boshidayoq bir necha marotaba mag‘lubiyatga uchragan “Manchester Yunayted” tarkibida jiddiy o‘zgarishlarni amalga oshirmoqchi.

Manchesterliklarga “Monako”ning ikki nafar o‘yinchisi ma’qul keldi. Manbalarning ta’kidlashicha, ular 22 yoshli himoyachi Vanderson de Oliveyra hamda 24 yoshli yarim himoyachi Yussuf Fofanani nishonga oldi.

Erik ten xag rejasiga ko‘ra,  Vanderson o‘ng qanot himoyasini mustahkamlashi talab etiladi. Bu futbolchi yaqin kelajakda Aaron Uan-Bissaka o‘rnini egallaydi.

Yussuf Fofana esa, tayanch yarim himoyachisi hisoblanadi. Bu futbolchini Kazemiroga raqobatchi va o‘rinbosar sifatida olib kelishmoqchi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q