«Manchester Yunayted» Edersondan voz kechmadi
«Atalanta» yarim himoyachisi Edersonning «Manchester Yunayted»ga o‘tishi masalasi hali ham kun tartibidan tushgani yo‘q.
Ma’lumotlarga ko‘ra, «qizil shaytonlar» italyalik klub va braziliyalik futbolchining o‘zi bilan kelishuvga erishgan edi. Biroq tibbiy ko‘rik chog‘ida Edersonning tizzasida muammolar aniqlanib, bitim to‘xtab qoldi. Shu bois vaziyat ancha murakkablashganiga qaramay, transfer butunlay bekor qilingan yo‘q.
Jurnalist Tayron Marshallning xabar berishicha, «Manchester Yunayted» hali ham Edersonni o‘z safida ko‘rish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Angliya grandi rahbariyati «Atalanta» bilan yaqin kunlarda yana muzokaralar o‘tkazib, futbolchini boshqa shartlar asosida qo‘lga kiritishga urinmoqchi.
Avvalroq 27 yoshli yarim himoyachi uchun mankunianliklar taxminan 45 million yevro to‘lashga tayyor ekani ma’lum qilingan edi.

Fikrlar