Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

«Manchester Yunayted» himoyachisi Dorgu jarohat oldi

Karim Xudayqulov
Izohlar: 0

«Manchester Yunayted» himoyachisi Patrik Dorgu jarohati sabab Daniya terma jamoasi yig‘inini tark etib, klubiga qaytmoqda.

«Manchester Yunayted» va Daniya terma jamoasi himoyachisi Patrik Dorgu milliy jamoa yig‘inida jarohat oldi.

Daniya terma jamoasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 22 yoshli futbolchi sog‘ligi bilan bog‘liq muammolar sabab jamoa qarorgohini tark etgan. U majburiy jismoniy tayyorgarlik sinovlaridan o‘ta olmagan. Ta’kidlanishicha, himoyachiga to‘liq tiklanish uchun qo‘shimcha vaqt kerak bo‘ladi. Yaqin kunlarda Dorgu klubi ixtiyoriga qaytib, «Manchester Yunayted» joylashgan bazaga yo‘l oladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumda Patrik Dorgu Angliya chempionatida «qizil iblislar» safida olti o‘yin o‘tkazdi. U shu bahslarda bir bor raqib darvozasini ishg‘ol etdi, ikki golli uzatma amalga oshirdi va bir marta sariq kartochka oldi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q