
“Manchester Yunayted” kurashdan chiqdi
“Manchester Yunayted” rahbariyati “Bavariya” himoyachisi Benjamin Pavar uchun kurashdan chiqdi.
Klub mutasaddilari frantsiyalik futbolchining agentlariga bog‘lanib, Pavarning transferi bo‘yicha ishlarni to‘xtatganini ma’lum qilgan.
Ma’lumotlarga qaraganda, manchesterliklarning Pavar transferidan voz kechishiga jamoa himoyachisi Harri Maugayrga xaridor chiqmagani sabab bo‘lgan.
Endi Benjemin Pavar “Inter”ga o‘tadigan bo‘lyapii. 27 yoshli futbolchi milanliklar bilan kelishuvga erishgan.
“Inter” tajribali himoyachi uchun Bundesliga chempioniga 30 million evrodan ortiq badal puli to‘laydi.
Fikrlar