Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

«Manchester United» Maykl Karrikni ishdan bo'shatdi

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

"Manchester Yunayted" omadсиз startdan so'ng Kerrik bilan xayrlashib, bosh murabbiylikka Pochettino nomzodini ko'rib chiqmoqda

45 yoshli angliyalik murabbiy jamoaning Angliya chempionatidagi omadsiz startidan so‘ng bosh murabbiylik lavozimini tark etmoqda. 2026 yil yanvar oyida Kerrik mavsum oxirigacha vaqtinchalik murabbiy sifatida "MYu"ni qabul qilib olgan edi. May oyiga kelib esa klub rahbariyati unga ishonch bildirib, mutaxassis bilan 2028 yilgacha shartnoma imzolagani e’lon qilingan edi.

Endilikda mankunianliklar jamoaga yangi bosh murabbiy sifatida Maurisio Pochettino nomzodini ko‘rib chiqmoqda. Avvalroq argentinalik mutaxassis "Manchester Yunayted"ning navbatdagi bosh murabbiyi bo‘lishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

APLning 10 turidan so‘ng "Manchester Yunayted" atigi sakkiz ochko to‘plab, turnir jadvalidа 18-o‘rinni egallab turibdi. Jamoa hozircha ligani tark etish xavfi yuqori bo‘lgan zonani tark eta olgani yo‘q.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q