«Manchester Yunayted» yangi himoyachi topdi
«Manchester Yunayted» «Bavariya» himoyachisi Kim Min Jae uchun 40 million evrodan ortiq to‘lov bilan jiddiy qiziqmoqda.
«Bavariya» klubi himoyachisi Kim Min Jae faoliyatini Angliya chempionatida davom ettirishi mumkin. Germaniya nashri TZ xabariga ko‘ra, unga «Manchester Yunayted» jamoasi jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, «qizil iblislar» yozgi transfer oynasining asosiy vazifalaridan biri sifatida himoya chizig‘ini mustahkamlashni belgilagan. Bu borada Kim Min Jae klub uchun ustuvor nomzod hisoblanmoqda. Futbolchi uchun taklif etilishi mumkin bo‘lgan to‘lov miqdori 40 million yevro chegarasidan oshib ketishi aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kim Min Jaening amaldagi shartnomasi «Bavariya» bilan 2028 yilgacha mo‘ljallangan.

Izohlar (0)