“Manchester Yunayted” yulduzi jamoadoshlariga yoqmayapti

  • 9 sentabr, 2023, 17:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” futbolchilari jamoadoshlari Jeydon Sanchoning bosh murabbiy Erik ten Xag bilan ziddiyatga borganini oqlamayapti.

Tecno

Ma’lumki, niderlandiyalik murabbiy 23 yoshli futbolchi mashg‘ulotlarda yaxshi ishlamayotgani uchun uni o‘yin qaydnomasiga kiritmaganini aytganidan keyin Sancho ijtimoiy tarmoqlar orqali javob qaytargandi.

Angliyalik futbolchi tarkib kiritilmayotganini boshqa masalalar borligiga bog‘lagan.

Ma’lumotlarga qaraganda, “Manchester Yunayted” futbolchilariga Sanchoning bu xatti-harakatlari yoqmayapti. O‘yinchilar bu vaziyatda murabbiy haq ekanini ta’kidlamoqda. Ularga niderlandiyalik murabbiy futbolchilarning mavqeidan qat’i nazar, hammaga bir xil munsabatda bo‘layotganini qadrlayapti.

Jeydon Sancho joriy mavsumda uchta uchrashuvda maydonga tushib, atigi 76 daqiqa o‘ynadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!