Manchesterdagi notinchlik!

  • 05.09.2023 23:55
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted" APLning 4-turida "Arsenal" mehmoni bo‘lib, 3:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Hisobni ochishga muvaffaq bo‘lgan manchesterliklarning quvonchi uzoqqa cho‘zilmadi. Edegor gol urib, muvozanatni tikladi. 90-daqiqada esa Garnacho o‘yinga nuqta qo‘ygandi, lekin gol VAR orqali tekshirilib, bekor qilindi. Shundan so‘ng Arteta shogirdlari ikki marta Onana darvozasini ishg‘ol qilib, o‘z maydonida MYuni taslim qildi. Uchrashuv tugaganidan keyin aytilgan gaplar "Manchester Yunayted"da yaxshi ishlar bo‘lmayotganidan darak bermoqda, ya’ni o‘tgan yilgi holat yana qaytarilyapti. Faqat bu safar qahramonlar boshqa.

gettyimages-1657408786-2048x2048

Esingizda bo‘lsa, o‘tgan mavsum boshida MYu qoniqarsiz natijalar qayd etayotgandi. Ketma-ket mag‘lubiyatlar, Ronalduning zaxirada o‘tirishi va jamoa afsonalarining har o‘yindan keyingi tanqidlari. Bu narsalarga odam ko‘nikib ham qolayotgandi, lekin Ten Xag katta o‘zgarishga qo‘l urdi, ya’ni u portugaliyalik yulduzga chiqish eshiklarini ko‘rsatdi. Krishtianu esa Pirs Morganga katta intervyu berib, nimalar bo‘lganini aytdi. Shundan so‘ng natijalar yaxshilanib, "qizil iblislar" ketma-ket mag‘lubiyatsiz seriyalar qayd etdi. Muxlislar bo‘lsa hammasi Ronalduga bog‘liq ekanligi va Erik juda yaxshi murabbiy ekanligi haqida gapirishardi. 

Cristiano Ronaldo: Man Utd boss Erik ten Hag addresses forward's exit for  first time | Football News | Sky Sports

Yangi mavsum boshlanish arafasida "Manchester Yunayted" bir qator transferlarni amalga oshirishga urindi. Klubning rejalarida bitta to‘purar hujumchi sotib olish bor edi. Ro‘yxatda "Tottenxem" vakili Xarri Keyn favorit edi, lekin "shporlar" rahbariyati unga juda katta narx qo‘ygandi. Buni eshitgan manchesterliklar biror marta taklif jo‘natmay turib, kurashdan chiqdi va "B" rejaga o‘tdi. Aniqrog‘i, "Atalanta" hujumchisi Rasmus Xoylundni o‘z tarkibiga qo‘shib olishga harakatni boshladi. O‘zi Ten Xag jamoaga kelishi bilan birinchi navbatda hujumchi sotib olishni so‘ragan. O‘sha vaqtda u Darvin NunesRobert Levandovsi kabi straykerlarni ko‘zlangandi. Yakunda Vout Vegxorst yarim mavsumga ijaraga olindi. Bu safar ham faoliyati davomida 44 ta gol urgan hujumchi olinmoqda. Ma’lumot uchun, Xoland o‘tgan mavsumda 52 ta gol urgan.

"Liverpul" - "Manchester Yunayted" - Premer-liga

Xoylundning hali MYuda qanday o‘ynab ketishini bilmaymiz, lekin murabbiy yana bitta himoyachi xarid qilinishini istagandi. Buning uchun esa Xarri Maguayr jamoani tark etishi kerak ekan. Kim Min Jae short-listdan joy oldi, lekin "Bavariya" bu transferni ilib ketdi. Shundan so‘ng Aleks Disasi varianti ko‘rib chiqilayotgandi. Frantsiyalik himoyachi "Chelsi"ga nasib qildi. Yana bir nechta futbolchilar bilan muzokaralar o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rilayotgan bir paytda Xarri qolishga qaror qildi. Shu bilan birga, bu mavzuga nuqta qo‘yildi. Undan ko‘ra klub Jonni Evans bilan shartnoma imzolab qo‘ya qoldi. Tasavvur qiling, Chempionlar ligasi bahslari oldidan Varan va Martines safdan chiqqan. Asosiy tarkibda esa Evans va Maguayr maydonga tushmoqda. Rahbariyatning hayoliga bu narsalar kelmagan ko‘rinadi, har holda Ten Xagning yana bir rejasini barbod qilishdi. 

Rasm

Aslini olganda, Ten Xag ham bu erda aybni shunchaki klubga to‘nkay olmaydi. Uning ham ochilmagan qirralari borga o‘xshaydi. "Arsenal"dan uchralgan mag‘lubiyatdan keyingi aytgan gaplaridan kelib chiqsak, hakamlar shunchaki "kanonirlar"ning g‘alabasini xohlagandek. O‘z jamoasida bo‘layotgan muammolarni yashirish uchun hammasiga aybdor qilib referilarni ko‘rsatdi. Shu paytda murabbiyga Sanchoni nimaga qaydnomaga kirmagani haqida savol berishdi. Niderlandiyalik mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, vinger mashg‘ulotlarda o‘zini ko‘rsata olmagan va maydonga tushishga loyiq, deb topilmagan. Bu gaplarni eshitgan Sancho esa bayonot bilan chiqdi:

"Iltimos, ko‘rgan narsalaringizni hammasiga ham ishonmang! Men odamlarni yolg‘on gapirishiga qarab tura olmayman. Mashg‘ulotlarda o‘zimni juda yaxshi his qildim. Menimcha, qaydnomaga kiritilmaganimni boshqa sababi bor. Bu adolatdan emas. Murabbiylarning qarorini hurmat qilaman va jamoamga yordam berishni istayman. Men buning uchun kurashaman", - deyiladi bayonotda. 

Image

Albatta, bunday voqealar har bir klubda bo‘lib turadi. Ichkarida nimalar bo‘layotganini barcha bila olmaydi. Shunday ekan, "Manchester Yunayted"ning kiyinish xonasida muhitni Ten Xag yashirishga harakat qilgan bo‘lishi mumkin yoki... 

Sancho o‘yinga tushmaganining boshqa sababi bor, dedi. Ayrimlar buni nima ekanligini ham taxmin qilishdi. Ma’lum bo‘lishicha, angliyalik vinger yozda klubni tark etuvchilar ro‘yxatida bo‘lgan, lekin uni klub qo‘yib yubormadi. Sababi, futbolchining transferiga millionlab evrolar sarflangan. Jeydon ushbu mavsumni yaxshi o‘tkazib, kelasi yozda qimmatroqqa sotilishi maqsad qilingan. Ten Xagga esa bu reja yoqmagan va raxbariyatdan so‘ragan futbolchilarini olib bermagani uchun qasos olmoqda, degan mish-mishlar ham yo‘q emas. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!