Manchesterdan ketganidan xursandman!

  • 18.10.2026 12:42
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Everton» yarim himoyachisi Jeyms Garner «Manchester Yunayted»dan ketish qaroridan juda mamnun ekanini bildirdi.

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel may oyida 25 yoshli Garner jahon chempionati uchun tarkibga kirishga yaqin bo‘lganini aytgan edi. Shuning uchun «Everton»ning yangi mavsumdagi ishonchli startidan keyin Jeymsning sentabr va oktyabr oylaridagi Millatlar ligasi uchrashuvlari uchun terma jamoaga chaqirilishi kutilmagan holat bo‘lmadi.

Garner «Everton»dagi to‘rt yil davomida asosiy futbolchilardan biriga aylandi. Shu bois u 2022 yilda 15 million funt evaziga «Everton»ga o‘tgan «Manchester Yunayted»da o‘zini to‘liq namoyish eta olmaganidan afsuslanmaydi.

- Menimcha, bu men uchun ideal qaror bo‘lgan. Men hech qachon qulayroq muhitdan chiqib, qiyinroq sharoitga borishdan qo‘rqmaganman. Uch marta ijaraga berildim: bir marta «Uotford»da, ikki marta «Nottingem Forest»da o‘ynadim. Yoshligimda London va Nottingemga ko‘chib o‘tayotganimda, muhit yoki vaziyat o‘zgarishidan umuman xavotir olmaganman.

Men uchun eng muhimi – o‘yinlarda maydonga tushish edi. O‘sha paytda «Everton» men uchun ideal tanlov bo‘ldi. Men jamoa fonida yo‘qolib ketishni yoki zahira o‘rindig‘ida o‘tirishni istamadim. Asosiy tarkibga kirish va o‘z o‘rnim uchun kurashishni xohladim. So‘nggi uch-to‘rt yil davomida aynan shu ishni qildim.

«Manchester Yunayted»dan ketganimdan afsuslanamanmi? Yo‘q, aslida yo‘q. Hayotda sodir bo‘ladigan har bir voqeaning o‘z sababi borligiga ishonaman. Men ketganimdan keyin ular uch-to‘rt nafar yarim himoyachi bilan shartnoma imzoladi. Ularning barchasi jahon darajasidagi futbolchilar edi.

Agar qolganimda, bugungi darajaga yetib kelmagan bo‘lardim. Shuning uchun ketganimdan juda mamnunman, - deya Garnerning so‘zlarini keltiradi Evening Standard.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!