Manchesterliklar “Barsa” to‘purarini so‘rayapti

  • 30.03.2026 16:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Manchester Yunayted” tarkibni kuchaytirish maqsadida “Barselona” markaziy hujumchisi Ferran Torresga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Manchesterliklar 26 yoshli forvard transferini amalga oshira olishiga isonyapti.

Bu haqida TEAMtalk xabar bermoqda.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, mankunianlar Torresni hujumchi Joshuа Zirkzee o‘rniga potensial o‘rinbosar sifatida ko‘rib chiqmoqda.

Ekspertlarning ta'kidlashicha, ispan hujumchisining transferi “Manchester Yunayted”dan ijarа asosida “Barselona”da o‘ynayotgan Markus Reşfordning kelajagi bo‘yicha muzokaralar bilan bog‘liq emas.

Joriy mavsumda Torres barcha musobaqalarda 40 ta o‘yinda ishtirok etib, 16 ta gol va 1 ta golli uzatma qayd etdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Transfermarkt ma'lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 50 million evroni tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!