Manchesterliklar "Bornmut" yulduzini oladi

  • 06.07.2026 10:43
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Bornmut» jamoasida to‘p surib kelayotgan 22 yoshli markaziy yarim himoyachi Aleks Skott faoliyatini «Manchester Yunayted»da davom ettirishi mumkin. Bu haqida futbol bo‘yicha insayder Ekrem Konur xabar berdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, «Arsenal», «Chelsi» va «Manchester Yunayted» rahbariyati «Bornmut» klubi bilan bog‘lanib, Skott uchun qo‘yilgan narx borasida rasmiy so‘rov yo‘llagan.

OAVda «Bornmut» yozgi transfer oynasida Skottni qo‘yib yuborishni istamayapti, degan xabarlar tarqalganiga qaramasdan, futbolchi baribir «Manchester Yunayted»ga o‘tishi ehtimoli bor. Ekrem Konurga yaqin ikki manbaning ta’kidlashicha, «Bornmut» yarim himoyachini manchesterliklarga 93,6 million yevro evaziga sotishga rozi.

O‘tgan mavsumda Aleks Skott barcha musobaqalar doirasida 39 ta o‘yinda maydonga tushdi, to‘rtta gol urdi va bir bor hamkasblaridan birini golli pas bilan ta’minladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!