Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Manchesterliklar ilgari bunaqa sharmanda bo‘lmagan

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

O‘zlaricha chempion bo‘lmoqchi edi

«Manchester Yunayted» oʻz tarixida ilk bor Angliyaning oliy divizionida mavsumning birinchi turida quyi ligada oʻynab kelgan jamoaga magʻlub boʻldi. 

Bu haqida tahliliy portal Squawka ijtimoiy tarmoqda xabar berdi. 

22 avgust kuni mankunianlar Angliya Premier-ligasining 1-turida safarda «Xall Siti»ga 0:2 hisobida yutqazdi. Oʻyin «MKM» (Kingston-apon-Xall) stadionida boʻlib oʻtdi.

Oʻtgan mavsum yakunlariga koʻra, «Xall Siti» Chempionship musobaqasida 73 ochko toʻplab, turnir jadvalida oltinchi oʻrinni egalladi va pley-off bosqichida gʻalaba qozonib, Premier-liga yoʻllanmasiga ega chiqdi. 

«Manchester Yunayted» esa 71 ochko bilan Angliyaning oliy divizionida uchinchi pogʻonada yakunlagan  edi.

Keyingi turda «yoʻlbarslar» 29 avgust kuni safarda «Koventri Siti»ga qarshi maydonga tushadi. Manchesterliklar esa 30 avgust kuni oʻz maydonida «Ipsvich Taun»ni qabul qiladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q