Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Manchesterliklar "Lans"dagi vunderkindni nishonga oldi

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

"Lans"dan zo'r o'yinchilar chiqadi

Angliyaning mashhur klubi «Manchester Yunayted» 16 yoshli portugalialik hujumkor yarim himoyachi Mezian Meslubni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini o‘rganmoqda. Bu haqida TEAMtalk nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, MYu rahbariyati yosh futbolchini klub uchun uzoq muddatli loyiha sifatida ko‘rmoqda. Meslub bilan faqat mankunianliklar emas, balki «Arsenal», «Chelsi», shuningdek, PSJ va «Monako» klublari ham jiddiy qiziqmoqda.

Meslub o‘tgan mavsumdayoq «Lans» asosiy jamoasida debut qilgan va Frantsiya chempionatida o‘tkazgan yagona uchrashuvida gol urishga muvaffaq bo‘lgan. 

Joriy mavsumda esa u «Lans» tarkibida to‘rtta o‘yinda maydonga tushdi va Chempionlar ligasida bir golli uzatma muallifiga aylandi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q