Manchesterliklar sadoqatli himoyachisidan voz kechadi
Endi uning davri o‘tdi
«Manchester Yunayted» tarkibida to‘p surib kelayotgan tajribali himoyachi Lyuk Shou joriy mavsum yakunlangach klubni tark etishi mumkin. Bu haqida sport jurnalisti Kris Uiler xabar berdi.
Manbaning ta’kidlashicha, hozircha barcha ishoralar «Manchester Yunayted» 31 yoshli futbolchi bilan amaldagi shartnomani uzaytirmasligiga borib taqalmoqda. Agar vaziyat shunday davom etsa, kelasi yozda Shou erkin agent maqomini qo‘lga kiritishi mumkin.
Lyuk Shou «Yunayted» safida 2014 yildan buyon o‘ynab kelmoqda. Joriy mavsumda u Angliya premyer-ligasida uchta o‘yinda maydonga tushib, bir golli uzatma muallifiga aylandi.
Transfermarkt portali mutaxassislarining bahosiga ko‘ra, himoyachining transfer qiymati hozircha sakkiz million yevro atrofida baholanmoqda.
Izohlar (0)